Montiy: ommaviy oferta

Oxirgi yangilanish: 7-noyabr, 2026-yil.

Ushbu hujjat ABDULLAYEV ISROILJON IZZATILLA O‘G‘LI (yakka tartibdagi tadbirkor), STIR (INN) 50101056520018 (keyingi o‘rinlarda «Ijrochi») tomonidan Montiy (monty.uz, @MontyUz_Bot Telegram boti va Mini App, mobil va kompyuter ilovalari; keyingi o‘rinlarda «Xizmat») dan foydalanish uchun qilingan ommaviy taklifning 1-qismidir. Foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tishi, Telegram orqali kirishi yoki montajni boshlashi bilan ushbu shartlarni to‘liq qabul qilgan (aksept) hisoblanadi.

1. Atamalar

1.1. Xizmat: foydalanuvchi yuklagan video yoki ovozli xabardan sun’iy intellekt yordamida avtomatik montaj qilingan video (reels, YouTube dars, blog, podkastdan reels) tayyorlab beradigan dasturiy platforma.

1.2. Foydalanuvchi: muomala layoqatiga ega jismoniy shaxs, YATT yoki yuridik shaxs vakili. Tashkilot nomidan qabul qiluvchi shaxs bunga vakolati borligini tasdiqlaydi.

1.3. Montaj stili: montajning ko‘rinishi (subtitr, grafika, musiqa va kadrlash qoidalari to‘plami). Foydalanuvchi montaj turini va stilini o‘zi tanlaydi.

1.4. Ushbu oferta (1-qism), ofertaning 2-qismi (monty.uz/terms-2) va Maxfiylik siyosati (monty.uz/privacy) shartnomaning ajralmas qismlaridir.

2. Shartnoma predmeti

2.1. Ijrochi Foydalanuvchiga Xizmatdan cheklangan, boshqa shaxsga berilmaydigan foydalanish huquqini beradi.

2.2. Montaj tartibi: Foydalanuvchi video yoki ovozli xabarni yuklaydi → Xizmat nutqni matnga o‘giradi → Foydalanuvchi matnni tekshirib tasdiqlaydi → Xizmat tanlangan stilda montaj qilib, tayyor videoni qaytaradi.

2.3. Bir reels uchun bir nechta video (masalan, hook, asosiy qism, CTA) yuklanishi mumkin; ular Foydalanuvchi belgilagan tartibda bitta videoga ulanadi.

2.4. Telegram, Instagram, TikTok, YouTube, App Store, Google Play va boshqa tashqi platformalarning ishlashi va qoidalari Ijrochi nazoratidan tashqarida.

3. Aksept va hisob

3.1. Telefon raqam (SMS kod), Telegram, Apple yoki Google orqali kirish yoki montajni boshlash aksept hisoblanadi. Aksept vaqtidagi oferta versiyasi, foydalanuvchi identifikatori va sana-vaqt elektron shaklda saqlanishi mumkin.

3.2. Foydalanuvchi o‘z hisobining xavfsizligi va hisob orqali qilingan barcha harakatlar uchun javobgar. 16 yoshdan kichiklar Xizmatdan faqat ota-ona yoki qonuniy vakil roziligi bilan foydalanadi.

3.3. Oferta davlat tilida e’lon qilinadi va akseptdan oldin saqlab olinishi mumkin.

4. Foydalanuvchi majburiyatlari

4.1. Foydalanuvchi: haqiqiy ma’lumot beradi va hisob xavfsizligini saqlaydi; faqat o‘ziga huquqi bo‘lgan yoki foydalanishga ruxsati bor video, ovoz va tasvirlarni yuklaydi; videoda boshqa shaxslar bo‘lsa, ularning roziligiga ega bo‘ladi; noqonuniy, zo‘ravonlik, kamsitish, firibgarlik, spam yoki uchinchi shaxs huquqlarini buzuvchi kontent yuklamaydi; Xizmatni buzishga, cheklovlarni chetlab o‘tishga yoki uni avtomatlashtirilgan tarzda haddan tashqari yuklashga urinmaydi.

4.2. Tayyor videoni joylashdan oldin uni ko‘rib chiqish va undagi ma’lumotlar uchun javobgarlik Foydalanuvchida.

5. Ijrochi majburiyatlari va cheklovlar

5.1. Ijrochi Xizmatni oqilona kasbiy darajada ko‘rsatadi, ma’lumotlarni himoyalash, zaxiralash va nosozliklarni bartaraf etish choralarini qo‘llaydi.

5.2. Suiiste’molning oldini olish uchun cheklovlar qo‘llanadi: bir vaqtda 3 tagacha tugallanmagan montaj, bir hisobdan 24 soatda 20 tagacha video; video davomiyligi va fayl hajmi chegaralari ilovada ko‘rsatiladi.

5.3. Rejalashtirilgan texnik ishlar imkon qadar oldindan e’lon qilinadi. Xavfsizlik xavfi, qoidabuzarlik yoki tashqi platforma o‘zgarishida Xizmat vaqtincha cheklanishi mumkin.

6. Sun’iy intellekt

6.1. Transkripsiya, matn tuzatish, montaj rejasi, subtitr, sarlavha (hook) va mos suratlar sun’iy intellekt yordamida avtomatik tayyorlanadi va xato yoki to‘liq bo‘lmagan natija berishi mumkin. Foydalanuvchi matnni montajdan oldin tekshirish va tuzatish imkoniyatiga ega.

6.2. Media-kartochkalardagi suratlar ochiq litsenziyali fotobanklardan (Pexels, Pixabay) olinadi va real voqeani yoki Foydalanuvchini aks ettirmaydi; ularni hujjat yoki dalil sifatida taqdim etmang.

6.3. AI chat. Foydalanuvchi AI chatga referens videoni (o‘ziga yoqqan, namuna sifatida tanlangan video) va o‘z videosini yuboradi. Sun’iy intellekt referensdagi montaj uslubini (shriftlar, ranglar, animatsiyalar, elementlarning joylashuvi) o‘rganib, Foydalanuvchi videosi uchun shunga o‘xshash yangi uslub tayyorlaydi. Referens videoning o‘zi, undagi odamlar, matn, musiqa va tasvirlar tayyor videoga ko‘chirilmaydi.

6.4. Foydalanuvchi referens videoni uslubni o‘rganish uchun yuborishga haqli ekanini tasdiqlaydi. Referens video faqat uslubni tayyorlash uchun ishlatiladi va 8-bo‘limda ko‘rsatilgan muddatlarda o‘chiriladi. Natija referensga to‘liq mos kelishi kafolatlanmaydi.

7. Intellektual mulk

7.1. Foydalanuvchi yuklagan video, ovoz va boshqa materiallarga huquq Foydalanuvchida qoladi. Foydalanuvchi ularni montaj qilish uchun zarur hajmda saqlash, qayta ishlash va 8-bo‘limda ko‘rsatilgan provayderlarga yuborishga Ijrochiga cheklangan ruxsat beradi.

7.2. Tayyor videodan Foydalanuvchi cheklovsiz foydalanishi, istalgan platformada joylashi va monetizatsiya qilishi mumkin.

7.3. Ichki kutubxonadagi musiqa va ovoz effektlari Ijrochiga uchinchi shaxslar tomonidan litsenziyalangan yoki Ijrochining o‘zi tayyorlagan bo‘lib, faqat Montiy tayyorlagan video tarkibida beriladi. Musiqani videodan ajratib olish, alohida yoki boshqa loyihalarda ishlatish, tarqatish, shuningdek uni (yoki shu musiqali videoni) YouTube Content ID, Facebook Rights Manager kabi huquqlarni boshqarish tizimlarida ro‘yxatdan o‘tkazish taqiqlanadi. Kutubxona musiqasi bo‘yicha avtomatik shikoyat kelsa, qo‘llab-quvvatlash xizmatiga yozing, e’tiroz uchun litsenziya ma’lumotini beramiz.

7.4. Xizmat dasturi, dizayni, stillari, shriftlar to‘plami, kodi va «Montiy» brendiga huquqlar Ijrochiga yoki uning litsenziarlariga tegishli.

7.5. AI chatda tayyorlangan uslubni Foydalanuvchi o‘z roziligi bilan «Tayyor stillar» katalogiga taklif qilishi mumkin. Rozilik berilsa, Ijrochi uslubni ko‘rib chiqib, uni Xizmatning boshqa foydalanuvchilariga muallif sifatida Foydalanuvchining ismini ko‘rsatgan holda taqdim etishi mumkin. Foydalanuvchining videosi uslub namunasi sifatida faqat alohida rozilik («Ha, videom bilan») berilganda ko‘rsatiladi; aks holda namuna Ijrochining o‘z videosi bilan tayyorlanadi.

7.6. Ijrochi taklif qilingan uslubni katalogga qo‘shmaslik yoki undan olib tashlash huquqiga ega. Foydalanuvchi qo‘llab-quvvatlash xizmatiga yozib, uslubni va namuna videoni katalogdan olib tashlashni so‘rashi mumkin: olib tashlanganidan keyin uslub yangi videolarda ishlatilmaydi, avval tayyorlangan videolar o‘zgarmaydi.

8. Shaxsga doir ma’lumotlar

8.1. Ma’lumotlarni qayta ishlash maqsadi, toifalari, qabul qiluvchilari (provayderlar), saqlash va o‘chirish tartibi Maxfiylik siyosatida (monty.uz/privacy) bayon etilgan.

8.2. Yuklangan va tayyor videolar 7 kun saqlanadi, so‘ng avtomatik o‘chiriladi (2026-yil 21-oktabrgacha tayyorlangan videolar — 30 kun). Tayyor video Telegram bot orqali to‘liq sifatli fayl sifatida ham yuboriladi (Telegram cheklovi: 50 MB gacha). Tayyor videoni shu muddat ichida yuklab olish Foydalanuvchining zimmasida.

9. Javobgarlik

9.1. Tomonlar qonun va ushbu oferta doirasida javobgar. Qonun ruxsat bergan darajada Ijrochining javobgarligi ofertaning 2-qismida belgilangan chegara bilan cheklanadi. Hech bir band iste’molchining bekor qilib bo‘lmaydigan qonuniy huquqlarini cheklamaydi.

9.2. Ijrochi Foydalanuvchi kontenti, tashqi platforma blokirovkasi yoki cheklovi, Ijrochi nazoratidan tashqaridagi internet va provayder uzilishi oqibatlari uchun qonun ruxsat bergan darajada javobgar emas.

9.3. Fors-major (tabiiy ofat, davlat cheklovi, keng ko‘lamli aloqa yoki data-markaz avariyasi va boshqalar) holatida majburiyatlar shu holat davomida kechiktiriladi.

10. Amal qilish muddati va o‘zgarishlar

10.1. Shartnoma akseptdan hisob o‘chirilguncha amal qiladi. Foydalanuvchi hisobni istalgan vaqtda ilovadagi «Hisobni o‘chirish» orqali o‘chirishi mumkin; bunda videolar, fayllar va hisob ma’lumotlari butunlay o‘chiriladi.

10.2. Muhim o‘zgarishlar kuchga kirishidan oldin sayt, ilova yoki Telegram orqali e’lon qilinadi.

10.3. E’tirozlar avval [email protected] yoki @MontyUz_Bot orqali muzokara yo‘li bilan ko‘rib chiqiladi. Kelishuv bo‘lmasa, nizo O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq vakolatli sudda hal qilinadi.

11. Ijrochi rekvizitlari

Ijrochi: ABDULLAYEV ISROILJON IZZATILLA O‘G‘LI (yakka tartibdagi tadbirkor)

STIR (INN): 50101056520018

Yuridik manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Xamkorobod MFY, Bog‘ibo‘ston ko‘chasi, 186-uy, O‘zbekiston Respublikasi

Telefon: +998 94 333 84 33

Elektron pochta: [email protected]

Qo‘llab-quvvatlash: Telegram @monty_support