Oxirgi yangilanish: 6-noyabr, 2026-yil.
Ushbu siyosat Montiy (monty.uz, @MontyUz_Bot va Mini App, mobil va kompyuter ilovalari; keyingi o‘rinlarda «Xizmat») foydalanuvchilarining shaxsga doir ma’lumotlari qanday yig‘ilishi, ishlatilishi, saqlanishi va himoya qilinishini tushuntiradi. Ma’lumotlar operatori: ABDULLAYEV ISROILJON IZZATILLA O‘G‘LI (yakka tartibdagi tadbirkor), STIR (INN) 50101056520018, yuridik manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Xamkorobod MFY, Bog‘ibo‘ston ko‘chasi, 186-uy. Ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq qayta ishlanadi. Ofertaning 2-qismida (monty.uz/terms-2) tartibga solingan xizmatlardan foydalansangiz, u yerda ko‘rsatilgan qo‘shimcha ma’lumotlar o‘sha qismdagi tartibda qayta ishlanadi.
1.1. Hisob: telefon raqam (SMS orqali kirganda), Telegram ID, ism va foydalanuvchi nomi, Apple yoki Google orqali kirganda ular bergan ism va elektron pochta, interfeys tili, taklif kodi va kim taklif qilgani.
1.2. Kontent: siz yuklagan video, ovozli xabar va B-roll fayllar, ulardan olingan nutq matni (transkripsiya), siz tanlagan stil va sozlamalar, tayyor montaj videosi. Videoda yuzingiz va ovozingiz bo‘lishi mumkin, ular faqat montaj uchun ishlatiladi.
1.3. Texnik: IP-manzil, qurilma va brauzer turi, ilova versiyasi, xatoliklar jurnali, push-bildirishnoma tokeni (faqat ruxsat bersangiz, «video tayyor» xabari uchun).
1.4. Yordam yozishmalari: «Yordam» bo‘limi orqali yozgan xabarlaringiz va javoblar.
1.5. To‘lov: buyurtma raqami, summa, to‘lov usuli va vaqti. Karta ma’lumotlarini Multicard qayta ishlaydi, biz karta raqamini to‘liq olmaymiz va saqlamaymiz. Sinov narxidagi montaj har bir karta va hisobga bir marta berilishi uchun karta raqamining yashirilgan ko‘rinishi (dastlabki 6 va oxirgi 4 raqam yoki provayder tokeni) va to‘lovchining telefon raqami saqlanadi.
1.6. Anketa (ixtiyoriy): montaj tayyorlanayotganda so‘raladigan qisqa savollarga javoblaringiz (kimsiz, soha, qaysi tarmoqda va qancha obunachi, haftada nechta video, hozir kim montaj qiladi, Montiy haqida qayerdan bildingiz, xohlasangiz Instagram sahifangiz). Javob bermaslik yoki anketani yopish xizmatdan foydalanishga ta’sir qilmaydi. Javoblardan xizmatni yaxshilash va sizga mos taklif tayyorlash uchun foydalanamiz, sotmaymiz.
2.1. Montaj qilish: nutqni matnga o‘girish, matnni tuzatish, montaj rejasini tuzish, kadrlash (yuz joylashuvini aniqlash), subtitr va grafikani qo‘yish.
2.2. Hisobingizni yuritish.
2.3. Siz bilan bog‘lanish: «video tayyor», «matn tayyor» va yordam xabarlari (tanlagan tilingizda).
2.4. Xavfsizlik va suiiste’molning oldini olish, xizmat barqarorligini kuzatish va xatolarni tuzatish.
2.5. Kontentingizni reklama uchun ishlatmaymiz, sotmaymiz va roziligingizsiz sun’iy intellekt modellarini o‘qitishga bermaymiz.
Montajni bajarish uchun ma’lumot faqat zarur hajmda quyidagilarga uzatiladi:
3.1. VoiceLab (api.voicelab.uz, O‘zbekiston): nutqni matnga o‘girish — videodagi ovoz (audio) yuboriladi. Zaxira sifatida AIsha (O‘zbekiston), xuddi shu maqsadda.
3.2. Google Cloud (AQSh): Vertex AI va Gemini — matndagi xatolarni tuzatish, montaj rejasi, sarlavha (hook) va kartochka uchun mos lahzalarni tanlash (matn), podkastdan reels «Tez kesish» rejimida nutqni matnga o‘girish (ovoz ham yuboriladi), sun’iy intellekt B-roll tayyorlash (faqat sahna tavsifi). Google bu ma’lumotlarni o‘z modellarini o‘qitishga ishlatmaydi (API shartlari). Google Cloud Run va Cloud Storage (Yevropa Ittifoqi, europe-west4, Niderlandiya): montaj ishlab chiqilayotgan vaqtda yuklangan video va tayyor render shu yerda saqlanadi, montaj tugagach o‘chiriladi.
3.3. Anthropic (Claude, AQSh): montaj rejasi va grafika joylashuvi uchun nutq matni va videodan olingan alohida kadrlar yuboriladi. Anthropic API orqali kelgan ma’lumotlarni o‘z modellarini o‘qitishga ishlatmaydi.
3.4. Pexels va Pixabay: media-kartochkalar yoqilgan bo‘lsa, faqat inglizcha qidiruv so‘zi yuboriladi (videongiz yoki matningiz emas).
3.5. Railway (serverlar va PostgreSQL ma’lumotlar bazasi; Yevropa Ittifoqi, Amsterdam, Niderlandiya), S3-mos obyekt xotirasi (Railway; tayyor videolar, zaxira nusxalar) va Cloudflare (sayt manzili, himoya va tez yetkazish; AQSh, global tarmoq).
3.6. Eskiz (O‘zbekiston): SMS kod yuborish (faqat telefon raqam va kod).
3.6.1. Multicard (O‘zbekiston): saytdagi to‘lovlarni qabul qilish (karta, Payme, Click va boshqa hamyonlar). Unga buyurtma raqami va summa yuboriladi, karta ma’lumotlarini to‘lov sahifasida to‘g‘ridan to‘g‘ri Multicard qabul qiladi.
3.7. Telegram: bot xabarlari va Mini App orqali kirish. Expo (AQSh): push-bildirishnomalar (faqat qurilma tokeni va xabar matni).
3.8. Har bir provayder ma’lumotni o‘z maxfiylik siyosatiga muvofiq qayta ishlaydi. Qonunda belgilangan hollarda ma’lumot vakolatli davlat organlariga ularning qonuniy so‘roviga binoan berilishi mumkin.
4.1. Ma’lumotlaringiz O‘zbekistondan tashqaridagi serverlarda saqlanadi va qayta ishlanadi: hisob ma’lumotlari, yuklangan va tayyor videolar — Yevropa Ittifoqida (Niderlandiya: Railway, Google Cloud Run va Cloud Storage); nutq matni va alohida kadrlar — AQShda (Google, Anthropic); sayt trafigi — Cloudflare tarmog‘i orqali; push-bildirishnomalar — Expo (AQSh) orqali. Nutqni matnga o‘girish (VoiceLab, AIsha) va SMS (Eskiz) O‘zbekistonda qayta ishlanadi.
4.2. Xizmatdan foydalanib va ushbu siyosatni qabul qilib, siz shaxsga doir ma’lumotlaringiz (jumladan, videodagi yuz va ovoz) montaj uchun zarur hajmda shu davlatlarga uzatilishiga rozilik bildirasiz. Uzatish faqat shifrlangan kanal orqali, shartnoma asosida va Xizmatni ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan maqsadda amalga oshiriladi. Rozilikni hisobni o‘chirish orqali qaytarib olishingiz mumkin (6.2-band).
5.1. Yuklangan va tayyor videolar 7 kun saqlanadi (2026-yil 21-oktabrgacha tayyorlanganlari — 30 kun), so‘ng avtomatik o‘chiriladi. Montaj tugagach, oraliq fayllar (ovoz, kadrlar) darhol o‘chiriladi.
5.2. Xato bilan to‘xtagan montaj fayllari 1 kunda, tasdiqlanmagan matnli ishlar 7 kunda o‘chiriladi.
5.3. Ma’lumotlar bazasining zaxira nusxasi 14 kun saqlanadi.
5.4. Hisob ma’lumotlari hisob o‘chirilguncha saqlanadi.
6.1. Ma’lumotlaringizni ko‘rish, tuzatish, eksport qilish va o‘chirishni so‘rashingiz mumkin.
6.2. Hisobni ilovaning o‘zidan («Profil» → «Hisobni o‘chirish») o‘chirish mumkin. Bunda barcha videolar, yuklangan fayllar, logotip va shriftlar, sessiyalar, push-tokenlar va hisob ma’lumotlari o‘chiriladi. Qonun saqlashni talab qiladigan yozuvlar qonunda belgilangan muddatda saqlanadi.
6.3. So‘rovlar: [email protected] yoki @monty_support (Telegram). Shaxsingizni tasdiqlash so‘ralishi mumkin; so‘rovga imkon qadar tez, qonunda belgilangan muddatda javob beramiz.
7.1. Ma’lumotlar faqat shifrlangan kanal (HTTPS) orqali uzatiladi. Kirish sessiyalari bazada ochiq holda emas, xesh ko‘rinishida saqlanadi. Tayyor videolar faqat qisqa muddatli imzolangan havola orqali ochiladi.
7.2. Serverga kirish cheklangan, yuklangan fayllar turi va hajmi tekshiriladi, xizmat doimiy kuzatiladi.
7.3. Hech bir tizim 100% xavfsiz emas, ammo ma’lumotlaringizni himoya qilish uchun oqilona choralar ko‘ramiz. Xavfsizlik muammosi topsangiz: [email protected].
Xizmat 16 yoshdan kichiklar uchun mo‘ljallanmagan. Bola ma’lumotini ota-ona roziligisiz olganimizni bilsak, uni o‘chiramiz.
Sayt va ilova faqat ishlash uchun zarur ma’lumotlarni qurilmangizda saqlaydi (kirish sessiyasi, tanlangan til va montaj sozlamalari). Bundan tashqari, monty.uz sahifalarida tashriflar statistikasi uchun Yandex Metrika ishlatiladi: u qaysi sahifalar ochilgani, qayerdan kelinganingiz va qurilma turi haqida anonim ma’lumot yig‘adi hamda o‘z cookie fayllarini qo‘yadi. Seans yozuvi (Vebvizor) o‘chirilgan. Reklama cookie’lari ishlatilmaydi. Metrika’ni brauzer sozlamalari yoki reklama bloklovchi orqali o‘chirib qo‘yishingiz mumkin.
Siyosat o‘zgarsa, kuchga kirishidan oldin sayt, ilova yoki Telegram orqali xabar beramiz.
Ma’lumotlar operatori: ABDULLAYEV ISROILJON IZZATILLA O‘G‘LI (yakka tartibdagi tadbirkor)
STIR (INN): 50101056520018
Yuridik manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Xamkorobod MFY, Bog‘ibo‘ston ko‘chasi, 186-uy, O‘zbekiston Respublikasi
Telefon: +998 94 333 84 33
Elektron pochta: [email protected]
Qo‘llab-quvvatlash: Telegram @monty_support